15 May 2025
1591
Ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi
Xitoyning Jiangshan shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakunida yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida eng ogʻir vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi.
+109 kg vazn toifasida kechgan bahslarda hamyurtimiz Amir Abdullayev dast koʻtarish mashqida 182 kg natija qayd etib, bronza medaliga sazovor boʻldi. Shu tariqa, terma jamoamizning mazkur musobaqada jamgʻargan medallari 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi. Ahamiyatlisi, ushbu natija bilan atletlarimiz umumjamoa hisobida toʻrtinchi oʻrinni egallashdi.




