15 May 2025
597
Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish boʻyicha xalqaro turnirlar boshlandi
Bugun Toshkentda yengil atletika va sinxron suzish boʻyicha xalqaro musobaqalarga start berildi.
Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida oʻtayotgan UNG Meeting Continental turniri Xalqaro yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan bronza darajasidagi turnir boʻlib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda. Musobaqa bir kunga moʻljallangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston kasaba uyushmalariga qarashli suv sporti saroyida sinxron suzish boʻyicha “Suv parisi” Markaziy Osiyo ochiq chempionati tashkil etilmoqda. 6 mamlakat sportchilari mazkur turnirda U12, U15 va kattalar yosh toifalarida medallar uchun bahs olib boradilar. Turnir 17-mayga qadar davom etadi.