15 May 2025 490

6 nafar bokschimiz Jahon kubogida final yoʻllanmasi uchun jang qiladi

Polshada oʻtkazilayotgan boks boʻyicha Jahon kubogining ortda qolgan kunini Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli oʻtkazdi. Janglarda barcha bokschilarimiz raqiblarini katta ustunlik bilan magʻlub etishga erishdi. Olimpiada chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev germaniyalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi. Natijalar bilan tanishing:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Kori Jons (Uels) 5:0
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - Osanou Xansen (Germaniya) 1-raundda texnik nokaut
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kau Belini (Braziliya) 5:0
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Uilyam Cholov (Bolgariya) 5:0
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Samet Ersoy (Turkiya) 5:0

Bugun 6 nafar hamyurtimiz yarim final janglarini oʻtkazishadi. Juftliklar bilan tanishing:

-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Lunda Gantumur (Mo‘g‘iliston)
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Mishelt Battumur (Mo‘g‘iliston)
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Esra Yildiz (Turkiya)
-60 kg: Samandar Olimov - Mikele Baldassi (Italiya)
-70 kg: Gʻofurjon Tohirov - Sezariy Znames (Polsha)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kayl Shov-Tullin (Angliya)

Text to speech