Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, O‘zbekiston MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarovni tabriklaymiz!
Hurmatli Otabek Muhammadaliyevich,
Sizni bugungi tavallud ayyomingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Siz mamlakatimiz sportining taraqqiyoti, shuningdek, yoshlar orasida olimpizmning ezgu va pok g‘oyalarini targ‘ib qilish, ularni Vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lida olib borayotgan fidoiy mehnatingiz bilan jamoatchilikning yuksak hurmati va eʼtiboriga sazovor bo‘lmoqdasiz.
Siz ilgari surayotgan ilg‘or tashabbuslaringiz bilan Muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan sport sohasidagi ulkan o‘zgarishlarda ularga kamarbasta bo‘lib kelmoqdasiz. Bu esa o‘z navbatida yurtimizda olimpiya harakatini yana-da rivojlantirish, mamlakatimiz bayrog‘ini xalqaro arenalarda yuksak cho‘qqilarga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Fursatdan foydalanib, Sizni yana bir bor bugungi ayyom bilan samimiy qutlab, Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va faoliyatingizda yana-da ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.