14 May 2025 549

"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalarida faol ishtirok eting

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan iqtidorli sportchi-yoshlarni eng quyi bo‘g‘indan boshlab saralash maqsadida joriy yil 17-may sanasidan boshlab ilk marotaba "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" U-17 (15-17 yosh) toifasida sport musobaqalari 3 bosqichda (mintaqaviy (tuman-shahar), viloyat va Respublika) o‘tkaziladi.

"Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari o‘tkaziladigan sport turlari quyidagilar:

 Boks (ayol, erkak)
 Basketbol 3х3 (ayol, erkak)
 Badiiy gimnastika (ayollar)
 Dzyudo (ayol, erkak)
 Yengil atletika (ayol, erkak)
 O‘g‘ir atletika (ayol, erkak)
 Stol tennis (ayol, erkak)
 Taekwondo WT (ayol, erkak)
 Erkin kurash, Ayollar kurashi
 Yunon rum kurashi (erkak)

 Viloyat bosqichi g‘oliblari yil yakunida Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida 3-bosqich sifatida o‘tkaziladigan "Prezident olimpiadasi" sport musobaqalarida ishtirok etadi.

 "Prezident olimpiadasi" sport musobaqalari g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qabul qilinadi.

 Mazkur musobaqalarda ishtirok etish istagidagi sportchi yoshlarni ular tayyorgarlik olib borayotgan sport maktabi, xususiy sport klubi, umumta’lim maktabidagi sport klub va to‘garaklari orqali Sport vazirligining "ERP-sport" platformasida ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Manba: Sport vazirligi

Text to speech