14 May 2025
507
Tursunoy Jabborova Osiyo chempionati sovrindori boʻldi
Xitoyning Jiangshan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati yakuniga ketib bormoqda.
Biroz avval ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida bahslar oʻtkazildi. E’tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Afuski, Jabborovaga siltab koʻtarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pogʻonadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.