13 May 2025
493
Ikki nafar ogʻir atletikachimiz Osiyo chempionatida sovrindor boʻldi
Xitoyning Jiangshan shahrida oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi medallariga sazovor boʻldi. -81 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtlarimiz Rigina Adashbayeva hamda Madina Fayzullayeva oʻz nomlarini sovrindorlar qatoriga qoʻshib qoʻyishdi.
Jumladan, Rigina Adashbayeva dast ko'tarishda 104 kg natija bilan bronza, hamda ikkikurashda 224 kg jamg'argan holda 2 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Madina Fayzullayeva esa siltab ko'tarish mashqida 121 kg toshni bo'ysundirgan holda kuchli uchlikdan joy oldi.