12 May 2025 556

Shpagachimiz Bogota Gran-prisida bronza medaliga sazovor boʻldi

Kolumbiyaning Bogota shahrida qilichbozlikning shpaga yoʻnalishi boʻyicha Gran-pri turniri boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Vadim Anoxin bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Biroq yarim finalda qozogʻistonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi oʻrin bilan yakunladi.

Text to speech