Biroz avval Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining qilichbozlik dasturi uchun ham qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Xabaringiz bor, ushbu sport turida 3 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi.

Musobaqaning ilk kunida (24-iyul) ayollar o‘rtasida shpaga va erkaklar o‘rtasida sablya bahslari bo‘lib o‘tadi. Qurʼa natijalari bo‘yicha Malika Hakimova musobaqani xitoylik Yiven Sunga qarshi boshlaydi. Sablyachimiz Sherzod Mamutov esa ruminiyalik Yulian Teodosiu bilan jang qiladi.

26-iyul kuni ayollar o‘rtasidagi sablya dasturida qatnashadigan Zaynab Dayibekovaning raqibi keyinroq maʼlum bo‘ladi.