10 May 2025 655

Taekvondochimiz Sultonbek Nabiyev kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi

Bugun BAAning Fujayra shahrida taekvondo WT boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. Musobaqaning ilk kunidayoq Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor boʻldi.

-37 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Sultonbek Nabiyev barcha raqiblarini magʻlub etib, jahon chempionligiga erishdi. Iqtidorli hamyurtimiz final jangida serbiyalik raqibidan ustun keldi.

Text to speech