10 May 2025
518
Ogʻir atletikachilarimiz qitʼa birinchiligini bronza medali bilan boshlashdi
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Xitoyda oʻtayotgan Osiyo chempionatida dastlabki medalga sazovor boʻldi. -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Husinboy Matrasulov bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 140 kg bilan uchinchi natijani qayd etdi. Afsuski, siltab koʻtarish (165 kg) va ikki kurash (305 kg) boʻyicha unga biroz omad yetishmadi va atletimiz umumiy hisobda toʻrtinchi boʻlib musobaqani yakunladi.