10 May 2025
658
Toshkent taekvondo boʻyicha yana bir xalqaro yigʻinga mezbonlik qilmoqda
Shu kunlarda taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkentda yana bir xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. 16-mayga qadar davom etadigan mashgʻulotlar Xitoy va Braziliya terma jamoalari bilan tashkil etilgan.
Har ikki mehmon jamoa tarkibida Olimpiada hamda jahon chempionatlarining gʻolib va sovrindorlarini uchratish mumkin. Yigʻin davomida sportchilarimiz tajriba almashib, oʻz mahoratlarini oshirishmoqda.