10 May 2025
500
Bokschilarimiz Jahon kubogining ikkinchi bosqichiga yoʻl olishdi
10-17-may kunlari Polshaning Varshava shahrida Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi. World Boxing tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan ushbu turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi ham qatanashadi. Hamyurtlarimiz musobaqaga quyidagi tarkibda joʻnab ketishdi:
Erkaklar:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Samandar Olimov
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-70 kg: Gʻofur Tohirov
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-85 kg: Akmaljon Isroilov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Ayollar:
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova