9 May 2025 504

Muhriddin Tilovov Astana “Katta dubulgʻa” turnirida bronza medaliga sazovor boʻldi

Dzyudo boʻyicha Astana shahrida start olgan “Katta dubulgʻa” turnirining ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Mazkur medalga -66 kg vazn toifasida kurashgan Muhriddin Tilovov mualliflik qildi.

Chorak finalda neytral maqomda kurashgan Ramazon Abdullayevga imkoniyatni boy bergan Tilovov oʻtish bosqichida mezbon Baurjan Narbayevdan, uchinchi oʻrin uchun bahsda esa xitoylik Ziyang Syuedan ustun keldi.

Text to speech