9 May 2025 174

9-may – Xotira va Qadrlash kuni!

Hurmatli yurtdoshlar!

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Sizlarni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan samimiy tabriklaydi!

Bu muqaddas sana – Vatan himoyasi yoʻlida jon fido qilgan qahramonlarimiz xotirasiga boʻlgan chuqur ehtirom va bugungi tinch hayotimiz uchun minnatdorlik ifodasidir. Biz ularning jasorati va fidoyiligini hamisha yuragimizda ardoqlaymiz.

Yosh avlod va sportchilarimiz orasida vatanparvarlik, jasorat va vatanga sadoqat tuygʻularini mustahkamlash – oliy burchimizdir. Qahramonlar xotirasi abadiydir!

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi

Text to speech