8 May 2025 191

“Koʻrinmas medal” hujjatli filmi taqdimoti boʻlib oʻtdi

Bugun poytaxtimizdagi “Yulduz cinema” kinoteatrida oʻzbek futboli tarixida ilk bor Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoamiz haqida “Koʻrinmas medal” nomli hujjatli film namoyishi boʻlib oʻtdi. Gazeta.uz sayti bilan hamkorlikda ishlangan ushbu film Timur Kapadze boshchiligidagi jamoamizning Parij–2024 litsenziyasi sari bosib oʻtgan yoʻlini oʻz ichiga olgan.

Film namoyishida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, shuningdek, futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Rasmiylar oʻz soʻzlarida Prezidentimiz tomonidan sportchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar natijasida bunday tarixiy yutuq qoʻlga kiritilganini taʼkidlashdi. Shuningdek, ular film ijodkorlariga minnatdorchilik bildirar ekan, davlatimizning bunday qoʻllab-quvvatlash davom etishi oʻzbek futbolida yangi sahifalar ochilishiga xizmat qilishini qayd etishdi.

Text to speech