23 Iyul 2021 1429

Bugun insoniyat 5 yil kutgan Olimpiya o‘yinlari rasman start oladi

Sport oilasi naqd 5 yil kutgan kun yetib keldi. Yana bir necha soatdan so‘ng Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab ushbu musobaqa 1 yilga kechiktirildi. Bugun bo‘lib o‘tadigan marosimda ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qatnashchilarning soniga cheklovlar qo‘yilgan.

Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi. Unda ishtirokchi davlatlarning marshi alohida ahamiyat kasb etadigan jarayondir. Ma’lumki, paradda birinchi bo‘lib zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining asoschisi hisoblanmish Gretsiya chiqib keladi. Shundan so‘ng mezbon davlat alifbosi bo‘yicha davlatlar ketma-ketligi “Olimpiya stadioni”da ko‘rinish beradi. E’tiborlisi, O‘zbekiston nomi yapon alifbosida oldi qatorlardan bo‘lib, tartib raqam bo‘yicha 25-o‘rindan joy olgan.

Hozirda Tokidagi O‘zbekiston delegatsiyasi shtabida ochilish marosimiga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, shtabda kichik yig‘ilish o‘tkazilib, ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, qatnashchilarning rasmiy kiyimi tayyorlanib, barchasi taxt holatga keltirilmoqda.

Text to speech