8 May 2025 606

Ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etishadi

9-15-may kunlari Xitoyning Jianshang shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Qitʼamizning 26 mamlakatidan 170 nafar sportchi qatnashadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Tarkibda Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Joʻrayev ham bor. Toʻliq tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-67 kg: Husinboy Matrasulov
-73 kg: Abdulaziz Alimjonov
-81 kg: Hayitboy Abdushukurov
-109 kg: Sharofiddin Amriddinov
-109 kg: Akbar Joʻrayev
+109 kg: Amir Abdullayev

Ayollar:
-59 kg: Nigora Abdullayeva
-81 kg: Madina Fayzullayeva
-81 kg: Rigina Adashbayeva
-87 kg: Nigora Suvonova
-87 kg: Tursunoy Jabborova

Text to speech