“Sogʻlom inson – sogʻlom millat”: Korxonalarda sport madaniyatini shakllantirishga qadam
Korxona va tashkilotlar xodimlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni targʻib qilish, hamda aholini ommaviy sportga jalb etish maqsadida Oʻzbekiston korporativ sport assosiatsiyasining faoliyatini yoʻlga qoʻyish va korporativ sportni rivojlantirishga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi, Oʻzbekiston korporativ sport assosiatsiyasi boshqaruv kengashi raisi Davron Vaxabov, Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, shuningdek, taniqli tadbirkorlar ishtirok etdi.
Rasmiylar oʻz nutqlarida tashkilotlarda xodimlarning jismoniy faolligini oshirish orqali Prezident ilgari surayotgan “Sogʻlom inson – sogʻlom millat” gʻoyasini amalda tatbiq etish muhim ekanini taʼkidlashdi.
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlik subyektlari vakillari ham oʻz tashkilotlarida futbol, futzal va yengil atletika kabi sport turlarini ommalashtirish borasidagi rejalari bilan oʻrtoqlashishdi.