22 Iyul 2021 1666

Tokio-2020: Mediamarkaz faoliyatiga nazar

Hozir butun dunyodan kelgan OAV xodimlari Tokio shahrida o‘zlari uchun ajratilgan mediamarkazda faoliyat olib borishmoqda. Shu jumladan, hamyurtlarimiz ham.

Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari uchun ajratilgan mediamarkazda O‘zbekistondan tashrif buyurgan 10 nafar OAV vakillari faoliyat olib borishmoqda. Tashkiliy qo‘mita shartlariga ko‘ra, jurnalistlar ham har kuni koronavirus uchun PZR testlarini topshirmoqdalar.

Shuningdek, jarayonni tarixga muhrlayotgan fotograflar uchun ham katta qulayliklar mavjud. Ro‘yxatdan o‘tgan rasmiy fotograflar XOQning rasmiy hamkorlari hisoblanmish “Nikon” va “Canon” apparatlari bilan taʼminlanishmoqda. Internet va boshqa elektron nashr vakillari uchun yuqori tezlikdagi internet muhayyo qilingan. Eʼtiboringizga butun dunyoga Olimpiya o‘yinlarini yoritib borayotgan mediamarkaz faoliyatidan suratlarni taqdim qilamiz.

Text to speech