Sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston kubogining ochilish marosimi oʻtkazildi
Shu kunlarda poytaxtimiz sport kurashlari boʻyicha kattalar oʻrtasidagi mamlakat kubogiga mezbonlik qilmoqda. Bugun “Universal” sport majmuasi mezbonlik qilayotgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Sport vazirligi, MOQ rahbariyati, mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etishdi. Unda soʻz olgan mutasaddilar terma jamoamizdan yangi Olimpiya siklida katta natijalar umid qilinayotgani, buning uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishini bildirishdi.
500 nafardan ortiq sportchi qatnashayotgan musobaqa 7-mayga qadar davom etadi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir kurashchilar bahs olib borishmoqda. Unda gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olgan sportchilar joriy yil Xorvatiyada oʻtkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik uchun terma jamoa tarkibiga jalb qilinadi.















