4 May 2025 1627

Dzyudochilarimiz Dushanbe “Katta dubulgʻa” turnirini beshta medal bilan yakunlashdi

Tojikiston poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻz nihoyasiga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida +100 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Oʻtkirbek Toʻraboyev bronza medaliga sazovor boʻldi. Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur musobaqani 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.

Kumush medal:
-52 kg: Muhayyo Ahmatova

Bronza medal:
-66 kg: Artyom Shturbabin
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Murodjon Yoʻldoshev
+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev

Text to speech