2 May 2025
1210
Dzyudochilarimiz Dushanbe “Katta dubulgʻa” turnirini kumush va bronza medallari bilan boshlashdi
Bugun Tojikiston poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri start oldi. Yengil vazn toifalarida kechgan dastlabki kun bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi.
Kumush medalni -52 kg vazn toifasida bellashgan Muhayyo Ahtamova qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz finalda jamoaviy yoʻnalishda ikki karra Olimpiada chempioni, fransiyalik Amandin Busharga imkoniyatni boy berdi. Bronza medalini esa -66 kg vazn toifasida kurashgan Artyom Shturbabin jamoamiz hisobiga keltirdi.
Kumush medal:
-52 kg: Muhayyo Ahtamova
Bronza medal:
-66 kg: Artyom Shturbabin
Ertaga oʻrta vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etiladi.
