2 May 2025
1140
Yosh ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatini 3 ta medal bilan boshlashdi
Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasi Peruda tashkil etilayotgan jahon chempionatida ishtirok etishi haqida maʼlum qilgan edik. Yoshlar oʻrtasidagi bahslarda qatnashgan Diyorbek Roʻzmetov jamoamizning musobaqadagi dastlabki medallariga mualliflik qildi. -67 kg vazn toifasida bellashgan yurtdoshimiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻldi. Batafsil:
Kumush medal:
Dast koʻtarish (139 kg)
Bronza medal:
Siltab koʻtarish (163 kg)
Ikki kurash (302 kg)
