1 May 2025 1453

MOQ rahbariyati Osiyo chempionati qahramonlari bilan uchrashdi

Tailandning Bangkok shahrida o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytgan dzyudochilarimiz taqdirlandi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etib, dzyudochilarimizni qit’a chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan qutlashdi.

Ma’lumot uchun, terma jamoamiz dzyudochilari ham yakkalik, ham aralash jamoaviy bellashuvlarda dzyudo vatani Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni band etishgandi.

Text to speech