Velosportchimiz Shahnoza Abdullayeva “Tour of Bostonliq” musobaqasida gʻalaba qozondi
Toshkent viloyatida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha “Tour of Bostonliq” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. 15 mamlakatdan 150 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan mazkur musobaqa Xalqaro velosipedchilar ittifoqining taqvim rejasidan oʻrin olgan boʻlib, unda sportchilar qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarishga muvaffaq boʻldilar.
3 bosqichda tashkil etilgan poyga yakunida hamyurtimiz Shahnoza Abdullayeva ayollar oʻrtasida umumiy hisobda gʻalabani qoʻlga kiritdi. Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda esa boshqa bir yurtdoshimiz Nikita Svetkov kuchli uchlikni yakunlab bergan.
Ayollar:
1. Shahnoza Abdullayeva (Oʻzbekiston)
2. Akpeil Ossim (Qozogʻiston)
3. Nesrin Xouli (Jazoir)
Erkaklar:
1. Josh Kench (Yangi Zelandiya)
2. Andreas Miltiadis (Kipr)
3. Nikita Svetkov (Oʻzbekiston)



