22 Iyul 2021
2046
Taekvondochilarimiz Olimpiya kiyimida
Olimpiya o‘yinlari atrofida ko‘pchilikning diqqatida bo‘ladigan narsalardan biri sportchilarning qanday kiyimlarda ishtirok etishida. Shubhasiz, bu borada har bir sport turining o‘ziga yarasha talablari bo‘ladi.
Bugun taekvondochilarimiz musobaqada ishtirok etadigan kiyimlarida mashg‘ulot o‘tkazishdi. Albatta, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi kiyimga moslashib olishdir. Eʼtiboringizga taekvondochilarimizning Olimpiada kiyimidagi kichik fotosessiyasini havola qilamiz: