30 Aprel 2025 1188

Ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlanmoqda

Bugun Peru poytaxti Lima shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati start oladi. 5-mayga qadar davom etadigan dunyo birinchiligida 77 mamlakatdan 531 nafar sportchi ishtirok etadi.

Turnirda mamlakatimiz sharafini quyidagi sportchilarimiz himoya qilishadi:

Yigitlar:
-67 kg: Diyorbek Roʻzmetov (yoshlar)
-81 kg: Hikmatillo Haydarov (yoshlar)
-89 kg: Munisbek Davletov (oʻsmirlar)
-89 kg: Bekzod Gʻofurjonov (yoshlar)
-96 kg: Diyorbek Ermatov (yoshlar)
-102 kg: Alisher Osmanov (oʻsmirlar/yoshlar)
-109 kg: Qudratbek Salimjonov (yoshlar)
+109 kg: Omadillo Olimov (yoshlar)

Qizlar:
-59 kg: Marjona Abdumutalova (oʻsmirlar/yoshlar)
-71 kg: Dilnura Xoldorova (oʻsmirlar/yoshlar)
+81 kg: Mohinur Esonboyeva (oʻsmirlar/yoshlar)

Text to speech