Kichik oʻsmirlarimiz Ammandagi Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunlashdi
Iordaniyaning Amman shahri boks boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ortda qolgan kun 15 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida final janglari oʻtkazildi. Yakunda ringga koʻtarilgan 15 nafar bokschimizning 7 tasi gʻalaba qozonib, qitʼa chempionligiga erishdi. Shuningdek, yarim finalgacha yetib borgan 8 nafar vakilimiz bronza medaliga sazovor boʻldi.
Oltin medal:
-37 kg: Muhriddin Hamidjonov
-58 kg: Jahongirjon Usmanqulov
-61 kg: Hadyatulloh Saydullayev
-67 kg: Meyrambek Aliyev
-70 kg: Ezmir Oʻktamov
-49 kg: Parvina Shakarova
-55 kg: Madinabonu Xudoyorova
Kumush medal:
-33 kg: Temurbek Baxtiyorov
-35 kg: Sarmat Shokarimov
-43 kg: Zarifjon Neʼmatov
-52 kg: Elshod Shokirjonov
-55 kg: Hasan Xolmurodov
+70 kg: Elshod Oblaqulov
-37 kg: Sabinaxon Kamiljonova
-43 kg: Rayhona Alimxanova
Bronza medal:
-46 kg: Oybek Alimjonov
-35 kg: Ominaxon Nosirova
-40 kg: Sugʻdiyona Abduazimova
-46 kg: Dildora Toʻlqinova
-52 kg: Mohichehra Hamidova
-58 kg: Angelina Umarova
-61 kg: Marjona Sultonova
-67 kg: Fazilatxon Tursunova
Ushbu natija orqali yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Bugun 17 yoshgacha boʻlgan bokschilar oʻrtasidagi final janglari tashkil etiladi.
