22 Iyul 2021 1365

Tokio-2020: Denis Istominning ilk raqibi aniq

Biroz avval Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining tennis bellashuvlariga ham qurʼa tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Denis Istomin o‘zining ilk raqibini bilib oldi.

Yurtimizning birinchi raqamli raketka ustasi ilk bahsni hindistonlik Sumit Nagalga qarshi o‘tkazadi. Eʼtiborlisi, har ikki tennischi shu paytgacha o‘zaro to‘qnash kelishmagan.

Ayni paytda Istomin jahon tasnif jadvalining 197-pog‘onasini egallab turgan bo‘lsa, Nagal 160-o‘rinda turibdi. Bo‘lajak bellashuv 24-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start olishi kutilmoqda.

Text to speech