28 Aprel 2025
1061
Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘oliblar aniqlandi
Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 250 nafar sportchi o‘zaro bellashishdi. Poygalar turli yosh toifalarida 20 kilometr velopoyga va 3 kmga yugurish bo‘yicha tashkil etildi. Yakunda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Erkaklar:
1. Viktor Zemsev
2. Andrey Sharipov
3. Aʼzamjon Qodirov
Ayollar:
1. Viktoriya Morozova
2. Diana Valiyeva
3. Sevara Choriyeva




