28 Aprel 2025 716

Olimpiya harakati va suv sporti turlari rivojini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadam tashlandi

World Aquatics Prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori Husayn Al Musallam, Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi birinchi (MOQA) vitse-prezidenti, Qatar MOQ Prezidenti Shayx Joaan Ol Soni, OOK vitse-prezidenti Tani Abdulraxmon Al Kuvari boshchiligidagi delegatsiya bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi va yurtimizda olimpiya harakati, suv sporti turlari rivojini yangi bosqichga olib chiqish mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston tomonidan Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, OOK vitse-prezidenti Otabek Umarov, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, Uzbekistan aquatics federatsiyasi rahbari Qudratilla Rafikov ishtirok etishdi.

Suhbat davomida martabali mehmonlar yurtimizning sport sohasida ulkan yutuqlarga erishib borayotgani xalqaro doirada katta qiziqishga sabab bo‘layotgani, mamlakatimiz bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan mamnun bo‘lishlarini bildirdilar.

Uchrashuvda suv sporti turlarini rivojlantirish borasidagi ustuvor rejalar ko‘rib chiqildi. Xususan, xalqaro seminar va kurslar orqali mahalliy mutaxassislarning malakalarini oshirish, sportchilarni yirik musobaqalarga tayyorlashda zamonaviy metodikalardan foydalanish kabi mavzular muhokama qilindi.

Text to speech