28 Aprel 2025
1195
Dzyudochilarimiz aralash jamoaviy dasturda kumush medalni qoʻlga kiritishdi
Tailandning Bangkok shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida aralash jamoaviy dastur boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Hamyurtlarimiz finalgacha boʻlgan yoʻlni mardonavor bosib oʻtib, dastlab Tojikiston, soʻng Koreya Respublikasi jamoalarini 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. Afsuski, chempionlik bahsida dzyudo vatani boʻlmish Yaponiya termasiga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi va sportchilarimiz kumush medal bilan musobaqani yakunlashdi.
