22 Iyul 2021 614

Dzyudochilarimizning raqiblari ma’lum

Biroz avval Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida dzyudo bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kutilganidek, yilning eng muhim starti oldidan tashlangan qur’a ayrim vakillarimiz uchun yengil kelgan bo‘lsa, ba’zilar uchun bir muncha murakkab yo‘lni taqdim qildi. Unga ko‘ra, vakillarimiz Olimpiadani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev – Artyom Lesiuk (Ukraina) / Xose Ramov (Gvatemala)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Denis Viyeru (Moldova)
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Igor Vantdeke (Germaniya)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Ugo Kumbo (Vanatau)
-90 kg: Davlat Bobonov – Nikolas Mungai (Italiya)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Benjamin Fletcher (Irlandiya)
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev – Durenbayar Ulzibayar (Mo‘g‘iliston)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Sosorbaram Lxagvasuren (Mo‘g‘iliston)
-63 kg: Farangiz Hojiyeva – Sandrin Billet (Kabo-Verde)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Demos Memneloum (Chad)

Aralash jamoaviy yo‘nalish:
O‘zbekiston – Niderlandiya

Eslatib o‘tamiz, dzyudo bellashuvlari 24 iyul kuni erkaklar o‘rtasidagi -60 kg, ayollar o‘rtasidagi -48 kg vazn toifalari bilan boshlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech