26 Aprel 2025
1220
Shahram Ahadov Osiyo chempioni, yana ikki dzyudochimizda bronza
Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun omadli oʻtdi. Sportchilarimiz ushbu kun dasturida 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shahram Ahadov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, sovrinlari qatoriga qitʼa chempionligini ham qoʻshib qoʻydi. Shuningdek, Shukurjon Aminova hamda Arslon Tojiyev ham oʻz vazn toifalarida shohsupaga koʻtarilishdi.
Oltin medal:
-73 kg: Shahram Ahadov
Bronza medal:
-57 kg: Shukurjon Aminova
-81 kg: Arslon Tojiyev


