25 Aprel 2025 1588

Badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi

Bugun poytaxtimiz Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi rasman start olgani haqida maʼlum qilgan edik. Biroz avval musobaqaning tantanali ochilish marosimi yuqori kayfiyatda va bayramona ruhda tashkil etildi.

Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat gimnastika federatsiyasi rahbariyati, Xalqaro gimnastika federatsiyasi vakillari va musobaqa mehmonlari ishtirok etishdi.

Marosimda soʻzga chiqqan rasmiylar Toshkent bu yil ham ushbu nufuzli turnirga munosib mezbonlik qilayotganini dunyoning eng kuchli gimnastikachilari oʻrtasidagi bellashuvlar qiziqarli ruhda oʻtayotganini alohida taʼkidlashdi.

Dasturga muvofiq, bugun saralash bahslari oʻtkazildi. Ertadan dastlabki medallar jamlanmasi oʻz egalarini aniqlaydi.

Text to speech