25 Aprel 2025 1197

Zamoxshari Bekmurodov Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Bugun Tailandning Bangkok shahrida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Zamoxshari Bekmurodov kumush medalga sazovor boʻldi.

-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz final yoʻlida bir qator nomdor raqiblarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Biroq oltin medal uchun bellashuvda yaponiyalik amaldagi jahon chempioni Ryoma Tanakaga qoʻshimcha daqiqalarda imkoniyatni boy berdi.

Text to speech