24 Aprel 2025
1273
Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogida hamyurtlarimiz 8 ta medal jamgʻarishdi
Xitoyning Tayan shahrida taekvondo WT boʻyicha Osiyo mintaqasi uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi uchun tashkil etilgan turnir yakunlandi. Musobaqaning ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Oltin medal:
-54 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
Bronza medal:
+73 kg: Svetlana Osipova
Shu tariqa, jamoamiz mazkur musobaqani 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunladi.






