21 Aprel 2025 1621

Toshkent badiiy gimnastika yulduzlarini qabul qiladi

25–27-aprel kunlari poytaxtimiz Toshkent yana bir yirik musobaqa — badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qiladi. Bu yilgi bahslarda 26 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi medallar uchun bahs olib boradi.

Musobaqa gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan Respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari sport maktabi maydonida boʻlib oʻtadi. Tantanali ochilish marosimi 25-aprel kuni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli startga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Unda mamlakatimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:

Yakkalik bahslari:
– Taxmina Ikromova
– Anastasiya Saranseva

Guruh mashqlari:
– Evelina Atalyans
– Maftuna Zoirova
– Adelya Fayzulina
– Mumtozabonu Isʼhoqzoda
– Amaliya Mamedova
– Irodaxon Sodiqova

Text to speech