20 Aprel 2025 2822

Oʻzbekiston U17 terma jamoasi – ikki karra Osiyo chempioni!

Saudiya Arabistonida futbol boʻyicha U17 yosh toifasidagi Osiyo kubogi oʻz yakuniga yetdi. Finalgacha ajoyib oʻyinlari bilan muxlislarni xursand qilgan Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi hal qiluvchi bahsda ham chiroyli gʻalabaga erishdi. 2-taymni ikki oʻyinchi kam boʻlib oʻtkazganiga qaramay, yigitlarimiz chempionlik oʻyinida mezbonlarni 2:0 hisobida magʻlub etishni uddalashdi. Shu tariqa, jamoamizga ushbu yosh toifasidagi ikkinchi chempionlikka erishishdi. Barakalla, oʻzbegim oʻgʻlonlari!

 U-17 Osiyo kubogi | Final

 Oʻzbekiston 2:0 Saudiya Arabistoni

Text to speech