20 Aprel 2025 1101

Toshkentda konkur ustalari bellashishmoqda

Ma’lum qilganimizdek, shu kunlarda Toshkent konkur boʻyicha bir qator xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilmoqda. Ortda qolgan kun chavandozlar quyidagi yoʻnalishlarda kuch sinashishdi:

Jahon kubogining saralash bosqichi, 125 sm (toʻsiq balandligi)
1. Bekzod Qurbonov (“Santos hippica” laqabli otda, Oʻzbekiston)
2. Andrey Tryapisin (“Florizell”, Qirgʻiz Respublikasi)
3. Alisher Erkinov (“Etos”, Oʻzbekiston)

Gran-pri saralash dasturi, 145 sm:
1. Bekzod Qurbonov (“Quintus HB”, Oʻzbekiston)
2. Saidamirxon Turgʻunboyev (“Calleko”, Oʻzbekiston)
3. Xurshidbek Alimjonov (“Champions league”, Oʻzbekiston)

Maxima Masters Eurasia, 145 sm:
1. Bekzod Qurbonov (“Quintus HB”, Oʻzbekiston)
2. Xurshidbek Alimjonov (“Champions league”, Oʻzbekiston)
3. Rinat Galimov (“Grey-D’argouges”, Qirgʻiz Respublikasi)

Osiyo kubogi final dasturi, 115 sm:
1. Nizom Javod (“Orange white VDL”, Suriya)
2. Bahromjon Gaziyev (“Jodcasalla A-Z”, Oʻzbekiston)
3. Saidamirxon Turgʻunboyev (“Jordy”, Oʻzbekiston)

Text to speech