20 Aprel 2025
1004
Bokschilarimiz Rossiyadagi turnirda 16 ta medal qoʻlga kiritishdi
Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks boʻyicha xalqaro xotira turniri oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi.
Oltin medal:
-75 kg: Aziza Zokirova
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov
-75 kg: Nurislom Ismoilov
-86 kg: Nusratbek Tohirov
Kumush medal:
-50 kg: Gulsevar Gʻaniyeva
-60 kg: Shohruh Abdumalikov
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
-80 kg: Rahmatillo Boymatov
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
Bronza medal:
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova
-60 kg: Rashida Tagirova
-66 kg: Aysanem Saruarova
-54 kg: Faryozbek Do‘smatov
-57 kg: Sanjar Vahobov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-71 kg: Asilbek Abdurahmonov


