19 Aprel 2025 1093

O‘zbek xokkeyida yana bir tarixiy natija

Armanistonda o‘tayotgan xokkey bo‘yicha Jahon chempionatining IV divizion bahslari yakuniga yetmoqda. Musobaqadagi navbatdagi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Malayziya ustidan yirik — 18:3 hisobida g‘alaba qozonib, muxlislarini yana bir bor quvontirdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan jamoamiz ilk ishtirokdayoq keyingi divizionda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endi yigitlarimiz 2026-yil III divizionning "B" guruhida qatnashishadi.

Text to speech