16 Aprel 2025 232

Rasmiylar Andijondagi “Imkoniyatlar olami” reabilitatsiya markaziga tashrif buyurishdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, Sport vaziri Adkham Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov va Bosh kotib Oybek Kasimov hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev ishtirokida Andijon shahrida joylashgan "Imkoniyatlar olami" reabilitatsiya markazida yoshlar va trenerlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlarning sportga qiziqishlari, ularni turli musobaqalarda yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish bo‘yicha maqsad va rejalari hamda mavjud takliflari yuzasidan samimiy suhbatlashildi.

Manba: Sport vazirligi

Text to speech