16 Aprel 2025 279

Bruneyda gender tenglik mavzusida seminar tashkil etildi

14–15-aprel kunlari Bruney Sultonligida Osiyo Olimpiya kengashi tashabbusi bilan sportda gender tenglik masalalariga bagʻishlangan xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Unda Osiyo qitʼasining 43 davlatidan jami 95 nafar ishtirokchi yigʻildi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vakillari Dilnoza Sagdullayeva hamda Nargiza Xolmirzayeva faol ishtirok etishdi.

Dastur doirasida qitʼamizda ayollar sportini rivojlantirish, sportchi xotin-qizlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Olimpiya harakatida ayollar ishtiroki va nufuzini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir davomida maʼruzalar, amaliy mashgʻulotlar hamda tajriba almashinuvi jarayonlari orqali ishtirokchilar ushbu yoʻnalishda bilimlarini boyitish imkoniga ega boʻlishdi.

Text to speech