14 Aprel 2025 289

Doʻsmatov va Bibosinov Xabarovskda yana toʻqnash kelishlari mumkin

Ertaga Rossiyaning Xabarovsk shahrida start oladigan boks boʻyicha xalqaro xotira turniriga qurʼa tashlandi. -54 kg vazn toifasidagi holatga eʼtibor qarating.

Hasanboy Doʻsmatov ilk davrada tojikistonlik Hasan Salohiddinov bilan bellashadi. Bokschimiz ushbu raqib toʻsigʻidan oʻtsa, unga ukasi Faryozbek Doʻsmatov raqiblik qilishi kerak. Ushbu juftlik gʻolibi esa yarim finalda qozogʻistonlik Saken Bibosinov bilan toʻqnash kelishi mumkin.

Boʻlajak musobaqada barcha yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech