14 Aprel 2025
279
Oybek Kasimov Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqining Kongressida qatnashdi
Bugun Toshkentda sambo boʻyicha Osiyo-Okeaniya chempionati start oldi. 25 ga yaqin mamlakatdan 600 nafardan ortiq sportchi ishtirok etayotgan musobaqa doirasida Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqining Kongressi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston MOQ Bosh kotib Oybek Kasimov ishtirok etdi. Kongressda soʻz olgan Oybek Omilovich samboning yurtimiz sportidagi oʻrni, uning bir qator kompleks musobaqalar qatoridan joy olayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir davomida tashkilotning kelgusi faoliyatiga oid qator masalalar koʻrib chiqildi.