Kun dayjesti:
Futbolchilarimiz yarim finalda
Saudiya Arabistonida oʻtayotgan futbol boʻyicha U17 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yarim finalga yoʻl oldi. Oʻsmirlarimiz chorak finalda BAA jamoasini 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Xokkeychilarimiz mezbonlarga qarshi
Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bugun jahon chempionatining IV divizionida ikkinchi tur uchrashuvini oʻtkazadi. Hamyurtlarimiz bu turda asosiy raqib, mezbon Armanistonga qarshi bahs olib borishadi.
Kurash boʻyicha Yevropa chempionati oʻtkazildi
12-13-aprel kunlari Gruziyaning Batumi shahrida kurash boʻyicha kattalar va yoshlar oʻrtasida Yevropa chempionati boʻlib oʻtdi. Unda 19 mamlakadan 150 nafar sportchi ishtirok etdi. Turnirda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri, Xalqaro kurash assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Adham Ikramov ham faxriy mehmon sifatida qatnashdi.
Bokschilarimiz Boku va Xabarovsk turnirlarida
Shu kunlarda Ozarbayjon poytaxtida boks boʻyicha “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillarining 12 nafari yarim finalga yetib kelishdi va oʻzlari uchun kamida bronza medalini naqd qildilar. Bugun ular final yoʻllanmasi uchun jang qilishadi.
15-19-aprel kunlari Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks boʻyicha xalqaro xotira turniri boʻlib oʻtadi. Turnirda Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Kuba, Xitoy, Gruziya kabi 16 mamlakatdan 150 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashadi. Bahslarda ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Doʻsmatov, shuningdek, Shodiyorjon Meliqoʻziyev, Gulsevar Gʻaniyeva, Aziza Zokirova kabi 19 nafar bokschimiz ishtirok etadi.
Sport kurashlari boʻyicha Yevropa chempionatida noodatiy holat
7-13-aprel kunlari Slovakiyada sport kurashlari boʻyicha Yevropa chempionati oʻtkazildi. Yunon-rum kurashi boʻyicha -72 kg vazn toifasida noodatiy holat yuz berdi. 4:4 hisobida yakunlangan bahs yakunida hakamlarning qarori bilan finalchilar Levante Levai (Vengriya) va Ibrohim Gʻanem (Fransiya) oltin medal sohiblari deb eʼlon qilindi.