Muxtasar Tohirova “Asaka”da tayyorgarlikni boshladi
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ilk kunidan bellashuvlarga kirishadigan hamyurtlarimiz orasida o‘q otish sportidagi vakilimiz Muxtasar Tohirovani ham uchratish mumkin. Merganimiz bugun o‘zining ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Dastavval xalqaro tashkilot mutaxassislari sportchimizning ekipirovkasi, quroli va boshqa qo‘shimcha jihozlarini tekshiruvdan o‘tkazdi. Barchasi belgilangan standartlar asosida deb topilgach, hamyurtimizga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun ruxsat berildi.
Tohirova murabbiyi Yelena Kuznetsova bilan so‘nggi tayyorgarlikni olib bormoqda. Mashg‘ulot Olimpiya shaharchasidan 55 km uzoqlikda joylashgan “Asaka shooting range” o‘q otish markazida o‘tkazilyapti.
Reglamentga ko‘ra, Muxtasar Tohirova ertaga ushbu arenada 10 metrdan pnevmatik miltiqdan o‘q otish dasturida barcha raqibalari bilan rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazsa, 24-iyuldan saralash bosqichida final va Olimpiada medallari uchun kurashga kirishadi.