13 Aprel 2025
257
Xokkeychilarimiz jahon chempionatida tarixiy oʻyin oʻtkazishadi
Bugun Armanistonda xokkey boʻyicha jahon chempionatining IV divizionidan oʻrin olgan bellashuvlar boshlandi. Biz uchun ahamiyatlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi dunyo birinchiliklaridagi dastlabki uchrashuvini oʻtkazadi.
Ushbu tarixiy bahsda yurtdoshlarimizga Kuvayt jamoasi raqiblik qiladi. Xokkeychilarimizning musobaqadagi taqvimi quyidagicha:
1-tur:
13-aprel: Oʻzbekiston — Kuvayt
2-tur:
14-aprel: Oʻzbekiston — Armaniston
3-tur:
16-aprel: Oʻzbekiston — Eron
4-tur:
17-aprel: Oʻzbekiston — Indoneziya
5-tur:
19-aprel: Oʻzbekiston — Malayziya